Endi haydovchilarga  “ogohlantirish” jazo chorasi ham qo‘llanilishi mumkin

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga “ogohlantirish” jazo chorasini kiritish va ijtimoiy xavfliligi kam bo‘lgan yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ogohlantirish jazosini qo‘llashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishlari uchun javobgar shaxs aniq tartibda belgilanmoqda. Shuningdek, huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilgan bo‘lsa, ayrim holatlarda ma’muriy ogohlantirish chorasini qo‘llash imkoniyati yaratiladi. Bu esa huquqbuzarlik og‘ir bo‘lmagan hollarda fuqarolarga nisbatan yumshoqroq yondashish imkonini beradi.