Endi DXMdan ham yangi namunadagi “Prava” olish mumkin
- 17.09.2024 17:25
- 207
- O‘zbekiston

Xabaringiz bor, Davlat xizmatlari markazlari orqali eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda. Birinchi marta haydovchilik guvohnomasini olish istagidagi fuqarolar esa YHXBlarga murojaat qilishlari talab etilardi. Endi bunday sarsongarchilikka hojat yo‘q.
Adliya vazirligi tomonidan IIV bilan hamkorlikda yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini birinchi marta berish xizmati ham Davlat xizmatlari markazlari orqali yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur xizmat Samarqand shahar va Urgut tuman Davlat xizmatlari markazida yo‘lga qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil fevralidan bugunga qadar yuqorida qayd etilgan ikki markaz orqali 20 mingdan ortiq eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirilib berilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Raqamli davr jurnalisti qanday bo‘lishi kerak?
- 11 daqiqa avval
- Samarqand
Chigirtka balosi: Unga qarshi qanday kurashiladi?
- 28 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi
Bolalar salomatligi uchun mas’uliyatli qadam
- 2 soat avval
- Salomatlik