Hindistonda «Tauktae» dovuli qurbonlari 40 kishiga yetdi

Dam olish kunlaridan buyon davom etayotgan, mamlakatning g‘arbiy qirg‘og‘ini urgan "Tauktae" bo‘roni tufayli Hindistonning bir qator shtatlarida 40 ga yaqin odam halok bo‘ldi.

Gujarat shtati rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, shtatda daraxtlar qulashi va kuchli yomg‘ir, toshqindan kamida 13 kishi qurbon bo‘lgan.

Qo‘shni Maharashtra shtati poytaxti Mumbayda kamida 12 kishi halok bo‘ldi, bir necha hudud suv ostida qoldi va ko‘plab daraxt, yoritish va elektr uzatish ustunlari ag‘darildi. Karnataka, Goa va Kerala shtatlarida ham qurbonlar bor.

Hindiston dengiz kuchlari Mumbaydan 35 dengiz milida joylashgan va neft qazib olish platformalari ishchilarini joylashtirish uchun foydalanilgan P305 barjasida bo‘lgan odamlarni qidirishni davom ettirmoqda. Qutqaruv davomida VMS kemalari ushbu barja bortidagi 184 kishini chiqarishdi, 89 kishini qidirish, Hindistonning eng yirik davlat - ONGC neft va gaz korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan bortida 430 dan ortiq kishi bo‘lgan ikkita barja va burg‘ulash kemasi ekipajini qutqarish operatsiyasi davom etmoqda.