Ofat yetkazgan zarar 48 soatda bartaraf etildi
- 12.02.2026 15:15
- 5
- Samarqand
Joriy yilning 9 fevral kuni Urgut tumani hududida kuzatilgan kuchli shamol va noqulay ob-havo sharoiti oqibatida Kamardon mahallasida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosining tom qismiga zarar yetgan.
Holat bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan zudlik bilan tezkor chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ko‘rilgan ishlar natijasida muammo qisqa muddatda, ya’ni 48 soat ichida to‘liq bartaraf etildi.
Zarar ko‘rgan binoning tom qismi to‘liq yangilanib, qurilish me’yorlari asosida qayta tiklandi hamda uning mustahkamligi va foydalanish xavfsizligi ta’minlandi. Tiklash ishlari tuman hokimligi nazorati ostida uzluksiz, jumladan, tungi vaqtlarda ham olib borildi.
Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ofat yetkazgan zarar 48 soatda bartaraf etildi
- 1 soat avval
- Samarqand
Gaz, svet, yo‘l va... Andrea Bochelli
- Kecha, 21:38
- Samarqand