I chorakda muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi kamaydi

Markaziy bank bergan ma’lumotga ko‘ra, 2023 yil yanvar-mart oylarida umumiy pul tushumlari (naqd pul va terminal tushumlari) 140,8 trln. so‘mni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 37 foizga oshgan.

Jumladan, umumiy pul tushumlarida terminal orqali tushumlar ulushi 2022 yil I choragidagi 31,2 foizdan 2023 yilning mos davrida 37,6 foizga o‘sishi kuzatilgan.

Banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 173,9 trln. so‘mni tashkil etgani holda, 2022 yilning mos davriga nisbatan 23,6 foizga oshgan.

Jumladan, banklarga naqd pul tushumlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,2 foizga o‘sib, 87,8 trln. so‘mni tashkil qilgan.

Bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2022 yil yanvar-mart oylariga nisbatan 23 foizga ko‘paygan va 86,1 trln. so‘mni tashkil etgan.

Bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar (163,8 trln. so‘m) 2022 yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga oshgan, ushbu davrda bank kartalaridagi 39,6 trln. so‘m mablag‘lar naqdlashtirib olingan.

Muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi 2,2 trln. so‘mga kamayishi kuzatildi.