5 yilda banklarda bir oylik naqd pul tushumi qariyb 7 barobarga ko‘paydi
2016 yilda Samarqandda tijorat banklaridagi valyuta ayirboshlash shoxobchalari soni 67 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bunday shoxobchalar soni 2 barobarga ortib, 128 tani tashkil etmoqda. Ular orqali tijorat banklari tomonidan har oyda o‘rtacha 40 mln. AQSh dollari sotib olinmoqda hamda 11-12 mln. AQSh dollari sotilmoqda.
Bundan tashqari, 17 ta tijorat bankning 88 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari mijozlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ular orqali har oyda o‘rtacha 650-700 ming AQSh dollari sotib olinmoqda va 150-160 ming AQSh dollari sotilmoqda.
Bankdan tashqari aylanmada bo‘lgan kattagina naqd pul mablag‘lari bank hisob varaqlari orqali aylanib, tijorat banklariga naqd pul tushishi darajasi oshishi ta’minlanmoqda. Viloyatdagi banklarda 2017 yilda bir oylik o‘rtacha naqd pul tushumi 240 mlrd. so‘m atrofida edi. Bugun esa bu ko‘rsatkich qariyb 7 barobar ko‘payib, 1,6 trillion so‘mni tashkil etmoqda.
Bankomatlar tarmog‘ini kengaytirish borasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida ularning soni 2018 yilda 52 tani tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda 630 taga yetkazildi.