Ikki nafar yosh bolasi bilan Rossiyada ko‘chada qolgan o‘zbek ayoliga yordam ko‘rsatiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda “andijonlik Munira Usmonova ikki nafar yosh go‘dagi bilan Moskvada ko‘chada qoldi” mazmunida xabar tarqaldi.

Qayd etilishicha, olti yil avval eriga ishonib Rossiyaga borgan ayolning hozir ahvoli tang: katta shaharda na biron tanishi, qo‘lida na o‘zining va farzandlarining hujjati bor, na oziq-ovqati va na puli bor.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, ushbu ayol masalasi nazoratga olingan.

Moskvadagi O‘zbekiston Konsulligiga rasmiy xat yuborilib, M.Usmonovaning hujjatlarini to‘g‘irlash va uni yurtimizga qaytarish choralarini ko‘rish so‘ralgan. Shu bilan birga ayolga va yana boshqa zarur moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari ham ko‘rilmoqda.