Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

"INFOLIB Özbekiston – 2026" kitobxonlarni bir maqsadda jamladi

Samarqandda ötkazilgan «INFOLIB Özbekiston – 2026» XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi ilm-fan, adabiyot, ijod va kitobxonlik bayramiga aylandi.

Puşkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida bölib ötgan Milliy axborot-kutubxona haftaligi özida kitobxonlik, adabiyot, sanʼat, ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va kasbiy mahoratni mujassam etdi. Kitob taqdimotlari, ijodiy uçraşuvlar, davra suhbatlari, master-klasslar, intellektual bellaşuvlar, adabiy keçalar va sohaviy tanlovlar ötkazilib, ijodkorlar, olimlar, ziyolilar, pedagoglar, kutubxona mutaxassislari va kitobxonlarni ilm-maʼrifatni keng tarğib etiş yölida birlaştirdi.

- Kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş, milliy adabiy merosni tarğib qiliş, raqamli texnologiyalarni kutubxonaçilik sohasiga keng joriy etiş bugungi kunning muhim talablaridan biridir, - deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand şahar bölinmasi rahbari Nigora Saʼdinova. - Kutubxona faqat kitob beriş va qabul qiliş bilan çeklanib qolmasligi lozim. U kitobxonning intellektual ehtiyojini qondiruvçi, axborot oliş imkoniyatlarini kengaytiruvçi, ijodiy muloqot va ilmiy izlanişlar uçun qulay muhit yaratuvçi zamonaviy maʼrifat markazi bölişi zarur.

Kitob taqdimotlari adabiy jarayonning muhim qismi hisoblanadi. Bunday tadbirlarda kitobxon nafaqat yangi asar bilan tanişadi, balki muallifning ijodiy dunyosi, asarning yaratiliş tarixi, unda ilgari surilgan ğoyalar haqida ham bevosita maʼlumot oladi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi hamkorligida «Samarqand sadolari» kitobi hamda şoira Şabnam Toşkentovaning «Baxtim bahori» nomli şeʼriy töplami taqdimoti ana şunday muhitni ulaşa oldi.

Kitobxonlik haftaligi doirasida bolalarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi, milliy qadriyatlarga hurmat va tabiatga mehr tuyğularini şakllantirişga qaratilgan tadbirlar ham ötkazildi.

Yoş avlod qalbida tabiatga mehr, mehnatga hurmat va milliy qadriyatlarga ehtirom tuyğularini şakllantiriş maqsadida maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyalanuvçilari iştirokida «Hosil bayrami — neʼmatlar sayli» nomli sayyor tadbir taşkil etildi.

Haftalikning eng mazmunli va tarixiy-maʼrifiy ahamiyatga ega tadbirlaridan biri viloyat axborot-kutubxona markazida taşkil etilgan «Jadidlar — maʼrifat va uyğoniş timsoli» mavzusidagi davra suhbati böldi. Şu nomdagi videorolik orqali iştirokçilar jadidçilik harakatining vujudga kelişi, uning asosiy ğoyalari va millat taraqqiyoti yölida amalga oşirilgan işlar haqida tasavvurlarini yanada boyitdilar.
Mahmudxöja Behbudiyning evarasi Şohrux Behbudiyning oilaviy xotiralari, jadid bobomiz hayoti va merosi haqidagi fikrlari davraga tarixiy va maʼnaviy mazmun bağişladi.

Nasiba Mirzayeva,

ilmiy metodika xizmati rahbari.