Intensiv bog‘lardan 346 ming tonna hosil olindi

2019 yil viloyatimizda yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 32042,1 milliard so‘mga yetdi. Natijani 2017 yil bilan solishtirilganda o‘sish sur’ati 143,6 foizga yetadi.

Jumladan, bog‘dorchilikni rivojlantirish uchun o‘tgan uch yilda 6,6 ming gektar intensiv bog‘ tashkil etildi. Yangi bog‘larning 2 ming gektarini Qo‘shrabot, Bulung‘ur, Payariq va Jomboy tumanlarida barpo etilgan yong‘oqzorlar tashkil etadi. Mevali bog‘lardan yiliga 346 ming tonna hosil olindi va yil sayin hosildorlik 8-10 ming tonnaga ortmoqda.