“Ipoteka kreditlari cheklangani va subsidiya ajratishda byurokratiya aholini norozi qilyapti”: Prezident uy-joy bilan bog‘liq mummoga to‘xtaldi
Uch yil avval aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha bozor tamoyillariga asoslangan yangi ipoteka tizimi joriy etildi.
Natijada, o‘tgan besh oyda ipoteka kreditlari hajmi 2,5 baravarga oshib, 310 mingdan ziyod oila shaxsiy uy-joyga ega bo‘ldi. Uy-joy qurilish hajmi ham 3 baravar oshdi.
Shu o‘rinda, joriy yilda asosiy stavka oshganiga qaramay, ipoteka kreditlari bo‘yicha banklarga ajratiladigan resurs stavkalari o‘zgarishsiz qoldirildi.
Natijada, shu yilning besh oyida 30 ming nafar yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravarga ko‘p fuqarolarga imtiyozli ipoteka krediti ajratildi.
Lekin, ipoteka kreditlarining cheklangan hajmi va subsidiya ajratishda byurokratiya bo‘yicha aholi tomonidan ko‘plab e’tirozlar bildirilmoqda.
Shuning uchun, mutasaddilarga 1 sentyabrdan boshlab:
- aholi daromadining kreditga yo‘naltiradigan qismini soliqdan ozod qilish chegarasini oshirish;
- ipoteka kreditini ajratishda aholi daromadlari bo‘yicha tijorat banklariga qo‘yiladigan talablarni yengillashtirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Mutasaddilarga ikki hafta muddatda subsidiya ajratishda byurokratiyani keskin qisqartirish, uni ochiq-oshkora qilib, to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi qo‘yildi.