Ish staji bo‘lmasa, keksa yoshdagi kishilarga qancha nafaqa tayinlanadi?
2026 yil aprelda 60 yoshga to‘laman. Ayol kishiman. Hech qayerda ishlamaganman. Pensiyaga chiqish uchun nima qilishim kerak?
Agar sizda kamida 7 yil ish stajingiz bo‘lganida 5 yil oldin, ya’ni 2021 yilda 55 yoshda yoshga doir pensiyaga chiqqan bo‘lar edingiz.
2026 yil aprel oyida 60 yoshga to‘lsangiz, ish stajingiz bo‘lmasa, unda sizga yoshga doir pensiya emas, yoshga doir nafaqa tayinlanadi.
Bugungi kunda ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 820 000 so‘m hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: bugungi kunda yoshga doir nafaqa Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.