Ishsiz fuqarolar va mehnat migrantlari kasbga o‘qitiladi
- 26.11.2020 11:00
- 179
- Samarqand
Toyloq tumanida Prezidentimizning joriy yil 11 avgustdagi «Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosiga bag‘ishlangan viloyat seminari o‘tkazildi.
Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov boshqargan seminarda tumanlar hokimining o‘rinbosarlari, bandlik boshqarmasi va bo‘limlarining boshliqlari professional ta’lim hududiy boshqarmasi, kasb-hunarga o‘qitish maktablari rahbarlari, tashqi mehnat migratsiyasi bo‘limi va boshqa sohaga aloqador tashkilot vakillari ishtirok etdi. Qarorda belgilanganidek, ishsiz fuqarolarni kasbga o‘qitish va mehnat migrantlarini kasbga tayyorlash tartiblari tushuntirildi.
Seminar davomida ishtirokchilar Toyloq tumanidagi kasbga o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishishdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa