Ishsizlarni kasb-hunarga o‘rgatish markaziga  suvdan 263 million so‘m asosiz qarz hisoblangan

Samarqandda qayd qilingan bu holat haqida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, qo‘mita tomonidan joriy yilning 1-yarmida tabiiy monopoliya sub’yektlarining ortiqcha hisoblangan jami 20 milliard so‘mga yaqin, xususan:

elektr energiyasi sohasida – 5.5 mlrd so‘mga yaqin,

tabiiy gaz sohasida – 7.5 mlrd so‘mga yaqin,

ichimlik suv ta’minoti sohasida – 2.5 mlrd so‘mga yaqin,

issiqlik ta’minoti sohasida – 4.5 mlrd so‘mdan ortiq

mablag‘lar 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ortiq yuridik iste’molchilarga qaytarilishiga erishilgan.

Jumladan, Samarqandda "Ishsizlarni kasb-hunarga o‘rgatish markazi" murojaati asosida “Samarqand suv ta’minoti” AJ tomonidan (ichimlik suvidan) asossiz hisoblangan 263 million so‘m mablag‘ni qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.