Samarqanddagi 106 ta mahallada kasb-hunarga o‘qitish maskanlari bo‘ladi
- 03.12.2021 11:29
- 141
- Samarqand
Bu haqda viloyat hokimining tegishli qarori imzolandi
Qarorga ko‘ra, kasb-hunarga o‘qitish maskanlari fuqarolar yig‘inlari hududida joylashgan mahalla guzarlari hamda davlat tashkilotlarining foydalanilmayotgan bo‘sh turgan bino va xonalariga joylashtiriladi.
Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari tegishli tashkilotlar bilan ularni o‘rnatilgan tartibda ta’mirlab, o‘quv jarayoniga tayyorlashi, o‘quv asbob-uskunalari va jihozlari bilan jihozlashi belgilangan.
O‘qitish maskanlariga yuksak malaka, sohada ko‘p yillik ish tajribasi va yuqori professional tayyorgarlikka ega mutaxassislar jalb qilinadi.
Shuningdek, kasb-hunarga o‘qitish maskanlari o‘qituvchilari uchun xorijdan jalb etilgan o‘qituvchilar ishtirokida mahorat darslari o‘tkazib boriladi.
Teglar:
kasbga o‘qitish
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!