Samarqandda “Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi” foydalanishga topshirildi
- 01.04.2021 13:57
- 370
- Samarqand
Sobiq “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi binosida tashkil etilgan ushbu markazni rekonstruksiya qilish uchun 12 milliard so‘m sarflandi. Natijada yoshlarni g‘isht teruvchi, elektrogazpayvandchi, suvoqchi, bo‘yoqchi-bezakchi, santexnika ishlari ustasi kabi ichki va tashqi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan 14 kasbga o‘qitiladigan markaz bunyod bo‘ldi.
O‘qitish quvvati 450 o‘ringa mo‘ljallangan markazda tinglovchilar uchun 450 o‘rinli yotoqxona va oshxona ham qurildi.
E’tiborlisi, tuman va shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan ishsiz deb e’tirof etilib, yo‘llanma asosida o‘qishga qabul qilingan har bir fuqaroga har oyda 560 ming so‘mdan stipendiya ham to‘lab beriladi.
Markazning ochilish marosimda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!