Ishtixonda adliya bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Davlat xususiy sheriklik asosida qariyb 1 mlrd. 200 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga qurilib, foydalanishga topshirilgan mazkur bino Vatanimiz Mustaqilligining 32 yilligi arafasida tumana holisi uchun chinakam bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Mazkur zamonaviy ikki qavatli binoda fuqarolar uchun kutish xonalari, shinam tadbirlar zali, fuqarolarni qabul qilish xonasi hamda boshqa qulayliklar bor.

Muhimi, bino qayta tiklanuvchi energiya tizimiga ulangan bo‘lib, o‘rnatilgan quyosh panellari binoni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi.