Paxtachilik 10 nafar yoshlarga adliya yordamida yer ajratildi

Paxtachi tuman Davlat xizmatlari markaziga "Tadbirkor" mahallasidagi 10 nafar yoshlar viloyat adliya boshqarmasiga biriktirilib, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va bartaraf etish ko‘zda tutilgan. O‘rganishlar davomida ularning dehqonchilik uchun yer maydoniga ehtiyoji borligi ma’lum bo‘ldi.

Markaz rahbariyati tomonidan ularga auksionda ishtirok etish uchun elektron raqamli imzolar olib berildi hamda huquqiy yordam ko‘rsatildi. Onlayn savdolarda g‘olib bo‘lgan 10 nafar yoshlarga yer maydonlari ajratib berildi. Yoshlar endilikda mazkur yer maydonlarida “bir massiv — bir mahsulot” tamoyili asosida sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlar, bog‘dorchilik-uzumchilik, dorivor o‘simliklar, chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga berilmoqda. Bu orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim joriy etildi. Unga ko‘ra, elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblari yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyatiga ega.

Adliya tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar yoshlar bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

Mansur Hasanov, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi xodimi.