Ishtixonda g‘allasi o‘rib olingan yer maydoni yonib ketdi
- 24.06.2021 09:31
- 132
- Hodisa
Kecha, 2Z iyun kuni soat 16:43 larda Ishtixon tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi 12-KYoKK navbatchilik qismiga «Murodobod» mahallasi hududida joylashgan fermerga tegishli bug‘doyi o‘rib olingan g‘alla maydonida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Soat 16:55 da yong‘in yuz berayotgan joyga tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limidan 2 ta yong‘in o‘chirish ekipaji yetib borgan va yong‘in bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida, Ishtixon tuman Murodobod mahallasi Yangiobod qishlog‘ida yashovchi fuqaroga tegishli fermer xo‘jaligining 3 gektar g‘allasi o‘rib olingan maydondagi somon yonib ketgan. 1 gektar bug‘doyi o‘rilmagan va yana 3 gektar o‘rilgan maydon saqlab qolingan.
Ishtixon tuman FVB xabar berishicha, hozirda, mazkur yong‘inning kelib chiqish sabablari yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ona va bola salomatligi uchun eng zamonaviy sharoitlar
- 50 daqiqa avval
- Samarqand
Texnikum o‘quvchilari ishli bo‘ladi
- 52 daqiqa avval
- Ta’lim