Ismaloq — sog‘lom yashash va ozishni istaganlar uchun

Immunitet va suyak to‘qimalarini mustahkamlashda ismaloqning foydasi ko‘p. Ovqatga ishlatilgan ismaloq barglari bosh og‘rig‘ini qoldiradi. Ismaloq yoshlikni saqlab qolib, saraton paydo bo‘lishining oldini oladi.

Shveysariyalik olimlar ismaloqni muntazam iste’mol qilish qandli diabetga chalingan bemorlardagi insulinga qaramlikni kamaytirishini aniqlagan.

O‘simlik tarkibidagi bir qator foydali elementlar asab tizimini me’yoriga tushiradi, tushkunlik va nevrozning, uyqusizlikning oldini oladi, ko‘z pardasini tiklab, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.

Ismaloq reproduktik salomatlikka ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.