Isroil G‘azo sektorini to‘liq egallab olish rejasini ma’qulladi

Bu qarorni mamlakat harbiy-siyosiy rahbariyati qabul qilgan.

Hujum AQSh prezidenti Donald Trampning Fors ko‘rfazi mamlakatlariga tashrifidan so‘ng boshlanadi. Ungacha Isroil garovga olinganlarni ozod qilish uchun HAMAS bilan muzokaralarni davom ettiradi. Agar kelishuvga erishilmasa, operatsiya to‘liq kuch bilan boshlanadi va maqsadlarga erishilmaguncha to‘xtamaydi.
Reja hududni egallab olish va ushlab turish, tinch aholini janubga ko‘chirish, HAMAS nishonlariga zarba berish va gumanitar yordamga kirishni to‘sib qo‘yishni nazarda tutadi.
Isroil hozir G‘azodagi hujumlarini kengaytirish uchun o‘n minglab zaxiradagi askarlarini chaqirmoqda.