Isroil harbiylari Suriyaning Aleppo aeroportini o‘qqa tutdi

Yakshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan aeroportga hujum haqida arab OAVlari xabar bergan.

Ularga ko‘ra, zarbalar uchish-qo‘nish yo‘lagini ishdan chiqargan. Bir necha soat oldin suriyalik mutaxassislar shu hafta boshida Isroilning navbatdagi hujumidan keyin uni ta’mirlashni yakunlagan edi.

Isroil ommaviy axborot vositalarining yozishicha, aeroportning o‘qqa tutilishi Suriya hududidan Isroilga raketalar uchirilganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan.

Ayni paytda Isroil G‘azo sektorida radikal Falastin guruhlariga qarshi harbiy operatsiya boshlamoqda. Harbiylar ushbu qadamga XAMAS harakati 7 oktyabr kuni Isroil janubiga hujum qilganidan keyin bordi. Bu voqealar Isroilning Suriya va Livan bilan chegarasida keskinlikning kuchayishiga olib kelgan.