Isroil mart oyida chegaralarni ochishni boshlaydi

Isroil 2021 yil martdan e’tiboran xalqaro turizmni qayta tiklashga kirishadi. Koronavirusga qarshi emlashning ikki bosqichidan o‘tgan va "yashil pasport" olgan mahalliy fuqarolar jo‘nash oldidan va xorijdan kelgandan keyin karantin, PSR tekshiruvlarisiz sayohat qilishlari mumkin bo‘ladi, deya xabar beradi mamlakat turizm vazirligi matbuot xizmati.

Kelishuv Kipr bilan allaqachon tuzilgan va 8 fevral, dushanba kuni Isroilga ushbu davlat bilan turistik almashinuvni tiklash shartlarini muhokama qilish uchun Gretsiya bosh vaziri Kiriakis Mitsotakis kelishi kutilmoqda.

Shu kunlarda Serbiya, Seyshel orollari, Ruminiya va Gruziya bilan ham shunday muzokaralar olib borilmoqda.

"Isroil - aholini koronavirusga qarshi emlash darajasi bo‘yicha dunyoda mutlaq yetakchi hisoblanadi. 4 fevral holatiga ko‘ra, mamlakatdagi fuqarolarning 37 foizga yaqini koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini, 21 foizi ikkinchi dozasi olgan", - deydi Vladimir Shklyar, Rossiya Federatsiyasi va MDHdagi Isroil turizmi vazirligi departamenti direktori. - Biz umid bilan 2021 yil o‘rtalarida chegaralar to‘liq ochilishini kutamiz".

Ayni paytda Isroil va boshqa mamlakatlar o‘rtasida yo‘lovchi reyslar to‘xtatilgan. Maxsus gumanitar parvozlar bundan istisno.