Isroilda hamshiralar ish tashladi
Isroilda hamshiralar ish haqini ko‘tarish bo‘yicha Moliya vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanganidan so‘ng ish tashlashni boshladi. Bu haqda Isroilning 13 telekanali xabar berdi.
“Hamshiralar kasaba uyushmasi bugun ertalab Moliya vazirligi bilan tunda olib borilgan muzokaralar muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanganini va dushanba kuni ertalabdan ish tashlash boshlanishini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ish kuni dam olish kuni rejimida o‘tkaziladi. Faqatgina koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar davolanayotgan kasalxonalar ish vaqtini o‘zgartirmasdan davom ettiradi”, deb xabar berdi telekanal.
Hamshiralar kasaba uyushmasi koronavirus pandemiyasi munosabati bilan kasalxonalardagi ish hajmi oshganligi sababli tibbiy xodimlarning oyliklarini va mehnat sharoitlarini yaxshilashni talab qildi.
Ish tashlash oqibatida bir qator jarrohlik amaliyotlari bekor qilindi, tahlil olish jarayonlari to‘xtatildi, vaksinatsiya klinikalari yopildi. Shunga qaramasdan, tez tibbiy yordam xizmati ish faoliyatini davom ettirmoqda.