Isroillik namoyishchilar Quddusga yo‘l olishdi
Isroilda yetti oydan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari yangi bosqichga kirmoqda: Tel-Avivdagi navbatdagi minglab namoyishchilar tarqatib yuborilgani va faollarning Ariel Sharon Parkida tunashi ortidan, Benyamin Netanyaxuning sud tizimini isloh qilish rejalaridan norozilar Quddusga yo‘l olishdi.
Yurish 4 kun davom etishi mumkin, faollar esa parlamentariylar islohotning muhim nuqtalaridan biri – “ilat ha-svirut” (“aql-idrok tamoyili”) yoki "Oliy sudga hukumat qarorlarini bekor qilishga imkon beruvchi "huquqiy nochorlik prinsipi" bo‘yicha hal qiluvchi ovoz berishni boshlashidan oldin Knesset oldida o‘z o‘rnini egallash niyatida. Iyul oyi boshida matn birinchi o‘qishda ma’qullangan.
The New York Times gazetasining yozishicha, Isroil prezidenti Gersogni qabul qilgan Oq uy rahbari Netanyaxuga “keng konsensus bo‘lmagan taqdirda” islohotni bekor qilishni maslahat bergan.
Kecha namoyishchilar yo‘llarni to‘sib, temir yo‘l vokzallarini egallab olishgani, kamida 45 kishi hibsga olingani ma’lum.