Iste’molchilar foydasiga 3506,1 mln so‘m mablag‘ hal etib berilgan
Samarqand viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy tuzilmasida joriy yilning 13 sentyabr kuni matbuot anjumani tashkil etildi.
Matbuot anjumanida hududiy tuzilma xodimlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa mutasaddi korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Unda hududiy tuzilma tomonidan 2020-2021 yillar davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish, aholi muammolari bilan ishlash va boshqa dolzarb yo‘nalishlar to‘g‘risida hududiy tuzilma xisoboti tinglandi.
Jumladan, hududiy tuzilmaga 2020 yil hisobot davrida jami 1130 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 728 tasi (64,4 foizi) kommunal, 254 tasi (22,5 foizi) savdo va umumiy ovqatlanish, 81 tasi (7,2 foizi) aloqa va ijtimoiy xizmatlar hamda 67 tasi (5,9 foizi) reklama va boshqa sohalarga to‘g‘ri kelgan.
Mazkur murojaatlar tegishli tartibda atroflicha o‘rganib chiqilib, 1710,6 mln. so‘m mablag‘ iste’molchilar foydasiga hal etib berilgan.
Shuningdek, 2021 yilning 8 oylik hisobot davrida jami 1263 ta murojaat tushgan. Murojaatlarning 777 tasi (61,5 foizi) kommunal, 312 tasi (24,7 foizi) savdo va umumiy ovqatlanish, 148 tasi (11,7 foizi) aloqa va ijtimoiy xizmatlari hamda 26 tasi (2,1 foizi) reklama va boshqa sohalarga to‘g‘ri kelgan.
Mazkur murojaatlar tegishli tartibda atroflicha o‘rganib chiqilib, 3506,1 mln. so‘m mablag‘ iste’molchilar foydasiga hal etib berilgan.