Jamoat fondi jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirgan NNTlarga 60 million so‘mgacha grant mablag‘i ajratadi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi “Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda NNTlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida davlat grantlarini ajratish uchun 2-tanlovni
E’LON QILADI.
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
- Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash;
- Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish;
- Barcha davlat tashkiloti, korxona va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashishning ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini kengaytirish;
-Sohalarni tartibga soluvchi normativ-hukukiy hujjatlarni korrupsiyaga karshi ekspertizadan o‘tkazishda NNTlari va FJ boshqa institutlari hamda OAVlarini qo‘llab-quvvatlash;
- Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
- Viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining https://t.me/samarqand_jamoat_fondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
- Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
- Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
- Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 60 mln. so‘mgacha.
Hujjatlar 2024 yil 3 maydan 3 iyungacha har kuni (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
Tanlov bo‘yicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 format): 140107, Samarqand shahri Spitamen shoh ko‘chasi, 159 “a” uy manziliga “Nodavlat notijorat tashkilotlari va Do‘stlik uyi” binosi (110-xona), “Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga” deb ko‘rsatilgan tartibda yuborilishi shart.
Ma’lumot uchun telefonlar: (55) 701-35-95, (93) 341 -13-31