Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talabalar o‘g‘irlik qilishdi (video)
- 25.07.2019 09:18
- 221
- Xorij
O‘zbekistonning Seul shahridagi (Koreya Respublikasi) elchixonasi konsullik bo‘limi chet ellik talabalar, jumladan ikki nafar O‘zbekiston fuqarolarining velosipedlar o‘g‘irlagani va Chonju shahri politsiyasi tomonidan qo‘lga olingani to‘g‘risidagi OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi.
Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda.
Elchixona huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.
Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarurat vaziyatlarda Seul shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.
Teglar:
Janubiy Koreyad