Omikron: Janubiy Koreyada ikkita o‘lim holati qayd etildi

Janubiy Koreyada birinchi marta COVID-19 ning omikron shtammi bilan bog‘liq ikkita o‘lim holati qayd etildi, deb xabar bermoqda «Renxap».

Kvanju shahridagi sog‘liqni saqlash idoralari yaqinda vafot etgan ikki koronavirusli bemorda omikron varianti tasdiqlanganligini ma’lum qilishdi.

Qayd etilishicha, bemorlardan biri o‘tgan hafta, dushanba kuni, ikkinchisi chorshanba kuni vafot etgan, ikkalasi ham 90 yoshdan oshgan.

Bular mamlakatda omikron varianti bilan bog‘liq birinchi o‘lim holatlari.

Sog‘liqni saqlash organlari o‘limning aniq sabablarini o‘rganmoqda.