Jomboyda noyob qush topildi
- 05.02.2023 23:29
- 201
- Jamiyat
Samarqand viloyati ekologiya boshqarmasi xabariga ko‘ra, Jomboy tumani Polvonariq mahallasida yashovchi Umarbek Navro‘zov uyi yaqinidan noyob qush topib olgan.
Ko‘rinishidan mahalliy qushlarga o‘xshamaganligi sababli tabiatga befarq bo‘lmagan ushbu fuqaro mutaxassislarga murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, ushbu qush bugungi kunda yo‘qolib borayotgan noyob tur hisoblanib, "Qizil kitob"ga kiritilgan “Qora bo‘yinli Grebe” qushidir. Ushbu tur Shimoliy Amerikaning g‘arbiy qismida, Yevroosiyoning mo‘’tadil va subtropik kengliklarida, qisman Afrikada yashaydi.
"Ayni paytda bu qush tuman davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olinib, maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Tez orada tabiat qo‘yniga qaytariladi", deyiladi viloyat ekologiya boshqarmasi xabarida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa