Kasaba uyushma a’zolari sportning besh turida bellashdi
- 14.08.2023 07:50
- 21
- Sport

Samarqand shahridagi 2-son bolalar-o‘smirlar sport maktabida “O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining IV tarmoq spartakiadasi”ning mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tarmoq tizimida to‘rtinchi marotaba o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada tarmoq kasaba uyushmasining Samarqand, Jizzax, Navoiy viloyatlaridagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar mini futbol, stol tennisi, shaxmat, shashka, suzish bo‘yicha bahs olib bordi.
Murosasiz o‘tgan musobaqalar yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni "Samarqand avtomobil zavodi" jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni “ADM JIZZAX” MChJ jamoasi egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Samarqandning “Elxolding” IIChB jamoasiga nasib etdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jasurbek ShUKUROV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kibr ila isrof kambag‘allik keltiradi
- Kecha, 20:07
- Mutolaa
Mutolaa: Xaloskor
- 29/03, 21:04
- O'qing, qiziq!