Kattaqo‘rg‘on tumanida psixotrop vositalarning noqonuniy aylanmasining oldi olindi
- 06.07.2023 12:15
- 92
- Jinoyat va jazo
Viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish yo‘nalishida amalga oshirilgan tadbirlar jarayonida bir guruh shaxslarning tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda mavjud bo‘lgan vositalarni sotib kelayotganligi aniqlandi.
Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumani, "Kumushkent" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro D.F. bir qator shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, "FATZOR-b" preparatini (Fransiyada ishlab chiqarilgan) sotish bilan shug‘ullanganligi ma’lum bo‘ldi.
Narpay tumanida yashovchi fuqaro T.X. esa D.F. bilan bog‘lanib, "FATZOR-b" preparatining 11 ta qutisini sotib olish uchun buyurtma berib, 750 ming so‘m evaziga jami 396 dona tabletka oldi-sotdisi amalga oshirilayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!