Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishi oldi olindi
- 17.02.2023 16:20
- 119
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda, “S.D.” MChJga qarashli dorixona rahbari X.E. 30 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro K.M.ga 100 AQSh dollarga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan yana 166 dona “Regapen” nomli dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
psixotrop modda