432 dona psixotrop dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi
- 10.12.2023 12:24
- 96
- Jinoyat va jazo
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat hududida psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Samarqand shahrida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro R.Yu. mahalliy fuqaroga 1 mln 757 ming so‘m evaziga jami 432 dona “Reduksin” psixotrop dori vositalarini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan fuqaro R.Yu.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bu kabi "uddaburon"lar qonunlarni chetlab o‘tishga har qancha urinmasin, adolat qaror topadi, jinoyatchi jazosiz qolmaydi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!