Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
- 13.06.2022 17:24
- 256
- Jinoyat va jazo
Davlat xavfsizligi xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Milliy gvardiyaning Samarqand shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda fuqarolar O.U. va Sh.A. o‘zaro til biriktirib, fuqaro B.A.ga 420 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 10,5 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
psixotrop modda
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa