Psixotrop dorilar sotayotgan ikki yigit qo‘lga olindi
- 24.01.2022 11:51
- 131
- Jinoyat va jazo
21 yanvar kuni viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari Samarqand shahar, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, “EURO ATsIA” restorani yaqinida tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda fuqarolar B.U. va Ye.Z.lar tomonidan 1008 (bir ming sakkiz) dona kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen 300 mg” nomli psixotrop dori vositalarini 23.000.000 (yigirma uch million) so‘mga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tadbir yakunida jami 1120 (bir ming bir yuz yigirma) dona “Regapen 300 mg” nomli psixotrop dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
psixotrop modda
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa