Kattaqo‘rg‘onda reabilitatsiya va ijtimoiy xizmatlar ko‘lami kengaymoqda
Kattaqo‘rg‘on shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash yo‘nalishida bir qator muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan faol ijtimoiy himoya tizimi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga sifatli va manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda.
2025 yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahrida jami 2 595 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatga olingan. Shu jumladan:
1-guruh – 333 nafar
2-guruh – 1 724 nafar
3-guruh – 182 nafar
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar – 356 nafar
18–29 yoshdagi fuqarolar – 212 nafar
30 yoshdan pensiya yoshigacha – 1 214 nafar
Pensiya yoshidagi fuqarolar – 813 nafar
Shulardan 1 231 nafari ayollar, 1 364 nafari esa erkaklardir.
Markaz tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni texnik vositalar bilan ta’minlash ishlari ham davom etmoqda. Joriy yilning noyabr oyiga qadar:
- 221 nafar fuqaro reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlangan;
- 29 nafarga sayr uchun arvacha,
- 120 nafarga qo‘ltiq tayoq, xassa, ko‘zi ojizlar xassasi va boshqa vositalar,
- 17 nafarga esa raqamli eshitish moslamalari berildi.
Shuningdek, 55 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs protez-ortopediya vositalari (qo‘l, oyoq, modulli son protezlari va boshqalar) bilan ta’minlandi.
Shuningdek, 179 nafar fuqaroning ish bilan bandligi ta’minlandi, 105 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs monomarkazga o‘qishga yuborildi, 312 nafar fuqaro tibbiyot birlashmasi qoshidagi reabilitatsiya bo‘limida statsionar davolandi.
2025 yil oktyabr oyida 5 nafar fuqaro to‘liq reabilitatsiyadan o‘tgan, 34 nafarda esa qisman yaxshilanish kuzatilgan. Jumladan, 5 nafar fuqaroda 1-guruhdan 2-guruhga, 34 nafarda esa 2-guruhdan 3-guruhga o‘tish holatlari qayd etilgan.
Xurshid Sa’dullayev,
Kattaqo‘rg‘on shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bosh mutaxassisi.