Kattaqo‘rg‘onning Chinobod mahallasida Holva bozori tashkil etiladi

Bu Kattaqo‘rg‘on shahrini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar rejasida qayd etilgan.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja-dasturda, shuningdek, 4R-46 “Samarqand-Juma” avtomobil yo‘lining 66-67 kilometrlari oralig‘ida sharq shirinliklarga ixtisoslashtirilgan “Milliy brend” asosida savdo majmuasi tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Qo‘shhovuz mahallasida joylashgan “Qo‘shhovuz-1” kichik sanoat zonasi va unga tutash bo‘lgan Ingichka ko‘chasini zarur inrftuzilma bilan ta’minlash orqali 6 ta tadbirkolik sub’yekti faoliyatini kengaytiriladi va 12 ta yangi sanoat loyihasi ishga tushiriladi.

Kattaqo‘rg‘on suv ombori sohili bo‘yida o‘rmon xo‘jaligi agentligi balansida bo‘lgan 4 gektar yer maydonida davlat-xususiy sheriklik asosida “KBR NATURE RESORT COMPLEX” MChJ tomonidan ekoturizm klasterini tashkil etish” loyihasining 2-bosqichi amalga oshiriladi.