Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha Samarqand 45 558 doza bilan yuqori o‘rinni egalladi

🔺 20 noyabrda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 297 727 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan:

💉 1-bosqich emlanganlar 148 941 nafarni, 

💉 2-bosqich emlanganlar 97 794 nafarni,

💉 3-bosqich emlanganlar 50 992 nafarni tashkil qildi.

 ❗️ Ayni kungacha mamlakatimizda jami 31 489 773 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

💉 1-bosqich emlanganlar 16 452 251 nafarni,

💉 2-bosqichda emlanganlar 9 905 030 nafarni,

💉 3-bosqich emlanganlar 5 132 492 nafarni tashkil qildi.

📊 Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

📌 Samarqand viloyati (45 558 doza),

📌 Toshkent viloyati (43 561 doza),

📌 Farg‘ona viloyati (36 296 doza) band qildi.

❗️ Birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 76,7 foizni tashkil qilmoqda, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.