Kelinning sarpolari majburiy olib berildi

Ishtixonda kelishmovchilik sabab buzilgan oiladan kelin kuyovdan sepini qaytarib ololmagach, sudga murojaat qilgan.

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, MIBning Ishtixon tumani bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining 2024 yil 22 avgustdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, qarzdorlar Sh.X. va R.I.dan undiruvchi N.M. foydasiga mol-mulklarni olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati 2024 yil 30 sentyabrda kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Ijro davomida qarzdorlar Sh.X. va R.I.ning Ishtixon tumani Chaqar mahallasida joylashgan xonadonida saqlanayotgan undiruvchi N.M.ga tegishli bo‘lgan asosan da’vogar foydasiga javobgar – kuyov tomondan 39 turdagi mol-mulklarini olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida da’vogarga tegishli mol-mulklarini qarshilik ko‘rsatmasdan topshirish, aks holda majburiy ijro harakatlari olib borilishi haqida ogohlantirilgan.

Shundan so‘ng undiruvchi ijro manzilga chaqirtirilib, davo arizasida ko‘rsatilgan 39 turdagi mol-mulklarini olib berilishi ta’minlangan.