Kichik sanoat zonalari xodimlari ustama haq oladi
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 fevraldagi "Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining rahbar xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq to‘lash razryadlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori bilan sanoat zonalarida mehnat qilayotgan xodimlarga haq to‘lash tartibi belgilandi.
Mazkur hujjat asosida viloyat hokimining 2019 yil 5 apreldagi "Samarqand viloyati kichik sanoat zonalari davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilinib, "Kichik sanoat zonalari direksiyasi" DUK tarkibi va xodimlari uchun 3,5 ta shtat birligi ajratildi.
Ularga Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 12 apreldagi "Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan tarif razryadlari bo‘yicha lavozim maoshlari belgilangan. Ikki oylik maosh miqdorida mukofotlash va yilda bir marta mehnatga haq to‘lashning oylik fondi miqdorida moddiy yordam beriladi.
Hukumatimizning tegishli qarorlariga asosan direksiya rahbar va mutaxassislarining lavozim maoshlari 1,5 koeffitsiyentga ko‘paytirilib, ularga 20 foizli ustama belgilandi. Shuningdek, byudjet muassasalari va tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi miqdorida moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi joriy etilmoqda.
Jamshid XO‘JAYoROV, viloyat moliya bosh boshqarmasi xodimi.