Kimlarga auksionsiz yer uchastkasi beriladi?
Hukumat qarori bilan Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish va yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu hakida Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Nizomga ko‘ra endilikda, yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini olish “E-IJRO AUKSION”da elektron auksionlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Quyidagilarga yer uchastkalari 0,04 gektargacha auksionsiz ariza asosida beriladi:
- halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalariga;
- davlat va xususiy uy-joy fondidagi o‘zlari egallab turgan uy-joyni tuman hokimliklariga o‘tkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga.
Ariza tuman (shahar) hokimligiga beriladi hamda komissiya tomonidan o‘n kunda ko‘rib ijobiy xulosa chiqarsa, hokim yer uchastkasi berish haqida bir kunda qaror qabul qiladi hamda uch kunda yer uchastkasi chegaralari o‘lchab beriladi.