Kinoijodkorlar Markaziy harbiy okrugda bo‘lishdi

Mamlakatimizda joriy yilning 15 avgustdan 15 sentyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Respublikamiz bo‘ylab "Yangi O‘zbekistonning yangi kinolari" oyligi doirasida «Kinokarvon» aksiyasi o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘zbekistonda xalq artisti Tesha Mo‘minov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlari Anvar Azimov va Egamberdi Rahimovlar, aktrisalar Vazira Yunusova, Mukarram Bekmurodova, Anjilika Eshenbetova ham aktyorlar Alixan, Dilshodbek Kattabekovhamda Akbarali Mavlonovlardan iborat ijodiy guruh harbiy okrugda mehmon bo‘lishdi.

Kinoijodkorlar ishtirokida garnizondagi harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Taniqli aktyor va aktrisalar uchrashuvda o‘zbek milliy kino san’atidan o‘rin olgan eng sara vatanparvarlik ruhidagi asarlar, uning yaratilish tarixi, tasvirga olish jarayonlari va mazmun mohiyati haqida so‘zlab berishdi.

Shuningdek, har bir san’atkor tomonidan o‘zi ijro etgan kinofilm va spektallaridan parchalar ijro etdi, Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabarida.