Kitoblar, kitobxonlar, kitobxonlik haqida keskin qarashlar

Inson o‘z orzu-umidlarining behuda ekanligini hech qayerda kutubxonadagidek to‘la his qilmaydi. Samuyel Jonson.
***
Ko‘pchilik odamlar o‘ylamaslik imtiyoziga ega bo‘lish uchun ham o‘qiydilar.
Georg Lixtenberg.
***
Kitoblarning ham o‘quvchi uni qanday qabul qilishiga qarab taqdiri bor.
Terentian Mur.
***
Kimgadir o‘qish uchun kitob tavsiya qilish, unga o‘z oyog‘ingizga mos poyabzal taklif qilish bilan barobar.
Kshishdof Teodor Teplitz.
***
Yaxshi kitob muallif aytmoqchi bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq haqiqatni ko‘rsatib beradi.
Mariya Ebner-Eschenbax.
Kitoblarni o‘qing - ba’zi kitoblar aynan shu uchungina yozilgan.
Mixail Genin.
***
Kitobni kimdir sotib oladi, kimdir o‘g‘irlaydi, boshqa birov esa uni taqdimotlarda muallifdan undiradi.
Jeyms Jeffri Roche.
***
Shunday kitoblar borki, ulardan hamma narsa haqida bilib, hech narsani anglamaysiz.
Iogann Volfgang Gyote.
***
Aslida, o‘zimiz tahlil qila olmaydigan kitoblardan o‘rganamiz. Biz ustidan hukm chiqara olishimiz mumkin bo‘lgan kitob mualliflari bizdan o‘rganishi kerak bo‘lgan.
Iogann Volfgang Gyote.
***
U hech narsa o‘qimagan. U kitobxon emas, yozuvchi edi.
Emil Krotkiy.
***
Asarlariga munosib o‘quvchini topa olmaydigan adib yo‘q.
Stridonskiy.
Mening vatanim kutubxonam joylashgan joyda.
Rotterdamlik Erasmus.
***
O‘z kutubxonamni ko‘zdan kechirish uchun ham vaqti-vaqti bilan do‘stlarimni ziyorat qilishni xush ko‘raman.
U.Gaslit.
***
Ba’zi kitoblar nohaq unutiladi, lekin hech bir kitob nohaq esda saqlanmaydi.
Xyu Oden.
***
Undan o‘qiganlarim Montegnening asarlarida emas, balki menda, ichimda.
B.Paskal.
***
O‘qish san’ati - nimani o‘tkazib yuborishni bilishdir.
F.Hamerton.
***
Kitobni hech qachon uning muqovasiga qarab baholamang.
Amerika maqoli.
***
Kitobning eng yoqimli tomoni shundaki, u eng qiziqarli qismida reklama uchun to‘xtatib qo‘yilmaydi.
S.Smit
***
Menga nima o‘qiyotganingizni ayting, men sizga bu kitobni kimdan o‘g‘irlaganingizni aytaman.
I.Ilf.
***
Qog‘oz hammasiga jimgina chidaydi, lekin o‘quvchi emas.
J.Juber.
***
Kitoblar kitoblardan yoziladi.
P.Buast.
Yaxshi kitoblarning birgina salbiy tomoni, ular kelgusida ko‘p yomon kitoblarni yuzaga keltiradi.
Georg Lixtenberg.
***
O‘qish Don Kixotni ritsarga aylantirdi, o‘qiganlariga ishonish esa uni aqldan ozdirdi.
Jorj Bernard Shou.
***
Ko‘p kitob o‘qish shart emas.
Mao Szedun.
***
Kitob yolg‘izlarning do‘sti, kutubxona esa uysizlarning panohidir.
Stefan Vitviykiy.
***
Kamroq o‘qish uchun shuncha vaqtni qayerdan topsam bo‘ladi.
Karl Kraus.
***
Tomosha qilish o‘qishdan, o‘qish esa yashashdan qiziqroq.
Arkadiy Davidovich.
***
O‘qish san’ati - bu boshqa birovning yordami bilan fikrlash san’ati.
Emil Feyj.
***
Odamlar o‘qiganlarini juda kam eslab qolishining sababi shundaki, ular o‘qishadi, xolos.
Georg Lixtenberg.
***
Oson sotiladigan kitoblarni yozish uchun oson sotiladigan miyaga ega bo‘lish talab etiladi.
Aldous Huxley.
***
Tezkor o‘qish "Britaniya ensklopediyasi"ni o‘qish uchun foydali mashg‘ulot, albatta.
Robert Orben.
***
Biz hayotda e’tibor bermayotgan narsalarimizni kitoblarda ishtiyoq bilan o‘qiymiz.
Emil Krotki.
***
Hayot yomon narsa emasligi haqida eshitganman, lekin men o‘qishni afzal ko‘raman.
Logan Pirsal Smit.
***
O‘quvchilar o‘qiydi va kitobxonlar tanlab o‘qiydi.
Aleksandr Jukov.
***
Satrlar orasida o‘qish foydali - ko‘zlar unchalik charchamaydi.
Sasha Gitri.
D.Xoliqova to‘pladi.