Kosmonavtlar ellik yildan keyin yana Oyga uchishdi
NASA yarim asrdan so‘ng ilk bor Yer yo‘ldoshiga odamlar bilan kema - «Artemida-2» missiyasini uchirdi.
O‘tgan tunda 4 nafar kosmonavt Oy atrofida parvozga chiqdi. Insonlar u yerga yarim asrdan ortiq vaqt davomida uchmagan.
Missiya insoniyatga avval yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarni ko‘rish imkonini beradi.
Space Launch System raketa-tashuvchisi «Orion» kapsulasi bilan Oy tomon yo‘l oladi. Ekipaj Oyning orqa tomonini ko‘radi va Yerdan eng uzoq masofa — 405 554 kilometrli rekord o‘rnatadi.
Ekipaj tarkibi: amerikalik Rid Uayzman, Viktor Glover, Kristina Kox va kanadalik Djeremi Xansen.
Agar missiya muvaffaqiyatli o‘tsa, ular 10 kundan so‘ng Yerga qaytishadi.
Amerikalik kosmonavtlar birinchi marta Oyga 1969 yil iyul oyida qo‘ngan va oxirgi marta 1972 yilda uchilgan.