Musulmon kosmonavt uchun fazoga halol oziq-ovqat yuboriladi

Musulmon kishi xoh yerda bo‘lsin, xoh u samoda bo‘lsin, halol hisoblangan rizqlardan iste’mol qilish buyurilgan. Joriy yil sentyabr oyida Birlashgan Arab Amirligi fuqarosi Hazza Ali al-Mansur rus kosmik kemasi bilan fazoga sayr qiladi. Bu astronavt musulmon bo‘lgani uchun xalqaro kosmik stansiyadagi fazogirlar oziq-ovqatini ta’minlovchi «Space Food Laboratory» shirkati, musulmon kishi fazoda iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan halol oziq-ovqatlarni tayyorlab, kosmik stansiyaga jo‘natadi.

Birlashgan Arab Amirliklari kosmonavtini Xalqaro kosmik stansiyaga yuborish 2018-yilda Rossiya bilan imzolagan kelishuvga muvofiq amalga oshirilmoqda. Hazza Ali al-Mansuriy rossiyalik kosmonavt Oleg Sribucchak va amerikalik astronavt Jessika Mir bilan birga «Soyuz-15» rusumli kosmik kemada fazoga yuboriladi. Al-Mansuri Xalqaro kosmik stansiyasida sakkiz kun turadi va keyin yerga qaytadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.