Musulmonlarning dunyoga bergan ixtirolari
(davomi)
Hind musulmonlari kashfiyotisiz chechak kasalligini davolashning iloji bo‘lmas edi. Agar qadimiy Bobil (hozirgi Iroq)dagi musulmonlar bo‘lmaganida, sovun nimaligini bilmagan bo‘lardik.
Samolyotning birinchi konsepsiyasi, cheklar, avtoruchkalar va tibbiy buyumlar - musulmon olimlari ularsiz bugungi dunyoni tasavvur qilib bo‘lmaydigan juda ko‘p kashfiyotlarni qilgan.
Jarrohlik asboblari
Ko‘pgina zamonaviy jarrohlik asboblari, jumladan, skalpellar, tibbiy arralar, qisqichlar va ingichka qaychilar hozirgi kungacha musulmon jarrohi al-Zahraviy tomonidan ixtiro qilinganidek saqlanib qolingan. Aynan u ichki tikuv uchun ishlatiladigan ketgut (qo‘y, echki ichagidan eshilgan ip) inson tanasi tomonidan tabiiy ravishda so‘rilishi va tibbiy kapsulalar ishlab chiqarish uchun ishlatilish mumkinligini aniqlagan. XIII asrda Uilyam Garveydan 300 yil oldin musulmon tabibi Ibn Nafis qon aylanish jarayonini tasvirlab bergan.
Shamol tegirmoni
Arablar shamol tegirmonini 634 yilda ixtiro qilib, undan makkajo‘xori maydalash va yerlarni suv bilan ta’minlash uchun foydalangan. Arab cho‘llarida oylar davomida bir yo‘nalishda esuvchi shamol yagona energiya manbai bo‘lib, tegirmonlarning 6 yoki 12 parragi mato va palma barglari bilan qoplanib, to‘liq quvvat bilan foydalanilgan. Yevropada birinchi shamol tegirmonlari faqat 500 yil o‘tgach paydo bo‘ldi.
Avtoruchka
Birinchi siyohli ruchka 953 yilda Sulton uchun ixtiro qilingan: hukmdor uning kiyimi va qo‘llariga dog‘ tushirmaydigan qalam talab qiladi. O‘sha paytdagi ruchka uchiga siyoh yetkazib berish tizimi hozirgacha o‘zgargani yo‘q.
Bank cheki
“Chek” so‘zining o‘zi arabcha “saqq” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, mahsulotlarni yetkazib berishdan keyin to‘lash majburiyatini bildiradi. Bunday cheklarga ehtiyoj pullarni uzoq masofalarga tashish juda xavfli bo‘lganligi sababli paydo bo‘ldi. IX asrning boshida musulmon tadbirkorlar Xitoy va Bag‘dod banklarida olingan cheklarni naqd qilib olishlari mumkin edi.
Yer, bu - shar
IX asrdayoq ko‘plab musulmon olimlari Yer sharsimon bo‘lganligiga ishongan. Astronom Ibn Hazmning so‘zlariga ko‘ra, “Quyosh har doim Yerning ma’lum bir nuqtasiga vertikal joylashgan” edi. Bu Galiley buni o‘ylab topishidan 500 yil oldin sodir bo‘lgan.
Bog‘lar
O‘rta asrlarda Yevropada sabzavot bog‘lari bor edi, lekin bu bog‘dan dam olish joyi sifatida arablar foydalangan. Bunday turdagi birinchi qirollik bog‘lari XI asrda Ispaniyadagi musulmonlaryashaydigan qismida paydo bo‘lgan. Chinnigullar va lolalarning vatani ham musulmon mamlakatlaridir.
Universitetlar
859 yilda birinchi oliy o‘quv yurtining asoschisi musulmon malikasi Fotima al-Fihriy ekanligihaqida eshitganmidingiz? Islom olamidagi boshqa ko‘plab dorilfununlari singari Marokash Al-Qarouin ta’lim muassasi ham masjid hududida joylashgan edi.
Sultonlarning homiyligi tufayli erkaklar va ayollarga nafaqat teologiya (ilohiyot), balki tibbiyot, matematika, kimyo, tarix, geografiya va boshqa fanlar ham o‘rgatilib, bu maktablar doimiy ravishda kengayib bordi.
O‘sha davrdagi ko‘plab ilmiy markazlar ham musulmonlar tomonidan tashkil etilgan: eng mashhurlaridan biri Bog‘doddagi “Bayt al-Hikma”- “Hikmatlar uyi” bo‘lib, u xalifa al-Ma’mun tomonidan 820 yillarda asos solingan.
Bahora muhammadiyeva tayyorladi.