Xalqaro kosmik stansiya ekipajini birinchi marta yevropalik ayol boshqaradi

Italiyalik astronavt Samanta Kristoforetti Xalqaro kosmik stansiyaga yo‘l olgan ekipajni boshqaradigan birinchi ayol bo‘ladi. Bu haqda ayollarni faol astronavt bo‘lishga undovchi Yevropa kosmik agentligi xabar berdi.

Kristoforetti bilan AQSh Milliy aeronavtika va kosmik ma’muriyatining astronavtlari Kell Lindgren va Bob Xanes Xalqaro kosmik stansiyaga uchishadi.

SpaceX ekipaji tomonidan boshqariladigan Crem Dragon ekipajining uchirilishi 2022 yilda AQShning Florida shtatidagi Kanaveral uchirish maydonidan bo‘lib o‘tadi.

Evropa kosmik agentligi o‘z bayonotida ta’kidlaganidek, avvalgi missiyalar davomida u yuqori malakali mutaxassis ekanligi va yetakchilik fazilatlari tufayli ekipaj ishonchini qozongan.