Italiyaning Alp tog‘ida muzliklar quladi, qurbonlar bor
- 04.07.2022 09:33
- 76
- Xorij
Fojia Apennindagi Marmolada yarim orolining eng yirik muzligi bo‘lgan Trento provinsiyasida yuz bergan.
Muz, qor va toshdan iborat ulkan blok soatiga 300 kilometr tezlikda qulab tushgan. Fojia 2 guruh alpinistlarning massiv tepasiga ko‘tarilgan vaqtida sodir bo‘lgan.
"Halok bo‘lganlar soni 6 kishiga yetdi. 9 kishi jarohatlangan. Bedarak yo‘qolgan 15 kishini qidirish davom etmoqda. Qutqaruv operatsiyasi 3500 metr balandlikda olib borilmoqda". deyiladi Euronews xabarida.
Bosh vazir Mario Dragi qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Bir kun oldin muzlik tepasida harorat rekord +10 darajaga ko‘tarilishi muzli massasining qulashiga olib kelgan. Qutqaruvchilar yangi qulashlar xavfi haqida ogohlantirmoqda.
Ekologlarning fikriga ko‘ra, so‘nggi yigirma yildan beri muzlik maydoni uchdan birdan ko‘proqqa qisqargan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa