Jurnal muqovasidagi mashhur “afg‘on qizi” Italiyaga evakuatsiya qilindi

Italiya hukumati sayti xabariga ko‘ra, 1985 yilda National Geographic jurnali muqovasida Stiv Makkarri tushirgan fotoportreti tufayli dunyoga mashhur bo‘lgan afg‘on qiz Sharbat Gula qochqinlar dasturi doirasida Rimga olib kelindi.

Hukumatga «Tolibon» kelganidan keyin u mamlakatni tark etishda yordam so‘rab murojaat qildi. Italiya hukumati afg‘on notijorat tashkilotlari bilan birgalikda Gulaning Rimga ko‘chib o‘tishini ta’minladi.

Mashhur kadrni harbiy suratchi Stiv Makkarri pokistonlik qochqinlar lagerida qiz 12 yoshga to‘lganida (tug‘ilgan yili noma’lum) suratga olgan. Oradan bir yil o‘tib Sharbat turmushga chiqdi. Shundan so‘ng Makkarri uni 2002 yilda afg‘on qishlog‘ida topgan. Hozir Gulya 50 yoshda, uning bir necha farzandi bor.