Sara asarlar audiotasmada
Jomboy tumanida yashovchi Ma’ruf Rasulov jahon adabiyotining durdona asarlari hamda viloyatimizda ijod qilayotgan yozuvchi va shoirlarning kitoblarini audiotasmaga muhrladi.
- Kitob - tafakkur qanoti, aql charxi. Fikrni boyitadi, ma’naviyatni yuksaltiradi, - deydi M.Rasulov. – Afsuski, ayrim kishilar, masalan, Brayl yozuvida kitoblar sanoqli bo‘lganligi bois ko‘pgina ko‘zi ojiz insonlar bu imkoniyatdan to‘liq foydalana olishmaydi. Shuning uchun bir necha kitoblarni audioyozuv shaklida tayyorladik. Hozirda Onore de Balzakning «Chin sevgi», Mirkarim Osimning «Ibn Sino», Xosiyat Bobomurodovaning «Hisobli dunyo» va «Onamni asrang!», Farmon Toshevning «Tazarru» va «Go‘zal iztirob», Jumagul Suvonovaning «Qirmiz qizning qissasi», Jamila Ergashevaning «Qir ustidagi ayol» kabi kitoblarning ovozli nusxalarini ko‘pchilik kishilarga yetkazib berdik.
Nasiba JONTO‘RAYeVA.